gotquestions.online

U asrimiz bilan tengdosh, Koka-Koladan kam boʻlmagan muvaffaqiyatga ega va kosmonavtlarning dori qutisiga kiritilgan. Eskimoslar uni amerikalik uy bekalaridan kam bilishmaydi. Bu dorini Tomas Mann kabi mashhur yozuvchi tasvirlagan. Buyuk xonanda Enriko Karuzo boʻgʻimlardagi ogʻriqlardan shu dori yordamida xalos boʻlgan. Hatto Gippokrat ham tol poʻstlogʻining shifobaxsh xususiyatlarini eslatib oʻtgan, uning tarkibida ushbu dorining asosi boʻlgan modda bor — aytgancha, u qulupnay, vino va ayniqsa tavolgada ham mavjud boʻlib, dorining ilmiy nomi ham tavolganing lotincha nomidan kelib chiqqan. Uning tijorat nomi ham bor. Uni bir daqiqadan soʻng ayting.

Manba