"Senga, ey Quyosh, odamlar ushbu bronza haykalni oʻrnatdilar, u qoʻlini to Olimpgacha choʻzib turibdi" — Rodos haykali (Koloss) poydevoriga shunday yozuv oʻyib yozilgan edi. Ushbu haykal bitta yevropalik haykaltaroshga ilhom manbai boʻlib xizmat qilgani aniq, uning haykalini barchangiz yaxshi bilasiz. Bir daqiqadan soʻng, ushbu haykaltaroshning qaysi asari haqida gap ketayotganini ayting.