[Boshlovchiga: savolni yozib olingan holda oʻqing, bu yerda almashtirilgan soʻz bor]. Yetmishinchi yillarning sovet karikaturasida yalangʻoch Odam Ato va Momo Havo ogʻzida U boʻlgan ilonga talpinishmoqda. Voznesenskiyning fikricha, yuqori va quyi tabaqalar oʻrtasidagi nizo U bilan bogʻliq. Biz qaysi soʻzni ikki marta almashtirdik?