Yaqinda bir Yevropadan tashqaridagi mamlakatda aroqning yangi markasi uchun provokatsion reklama kampaniyasi oʻtkazildi. Reklama plakatlaridan birida avtomobilning orqa oʻrindigʻida qoʻllarini ikki tomonga keng yoyib oʻtirgan uzun sochli yosh yigit tasvirini koʻrish mumkin edi. Boshqa bir plakatda esa oʻsha yigit bilyardxonada yelkasida kiy (tayoq) bilan turibdi. Ushbu reklama kampaniyasi qaysi davlatda oʻtkazilgan?