Saba malikasi Sulaymon podshohga yongʻoqdek keladigan katta olmos yubordi. Bu toshda butun tanasini teshib oʻtgan ingichka, juda egri-bugri yoriq bor edi. Ushbu olmosdan ipak ip oʻtkazish kerak edi. Sulaymon podshoh bu vazifani qanday bajardi?
Teshikka ipak qurtini qoʻyib yubordi, u tashqariga chiqib, oʻzidan keyin eng ingichka ipak ipni qoldirdi.