Ushbu savol muallifi doʻstining uyida kechki ovqat tanovul qilayotganida, koʻzi stolda turgan flakonchaga tushdi. Flakonchaga leyko-plastir boʻlagi yopishtirilgan edi. Leyko-plastirda ichidagi narsaning nomi qoʻlda yozilgan edi. U unchalik chiroyli yozilmagan edi va men birdaniga ikkita harfni oʻqishda xato qildim. Aslida flakonchada uy egalari ziravor sifatida ishlatadigan achchiq oʻt bor edi. Men esa oʻzagida "prichal, buxta" maʼnosi boʻlgan Portugaliya shahrining nomini oʻqibman. Menga qanday yozuv koʻringan edi?