Agar savolni diqqat bilan tinglasangiz, unga javobni osongina topasiz. Qadimgi Skandinaviya skaldik anʼanalarida koʻpincha kenninglar — biron bir tushunchani majoziy anglatuvchi soʻz birikmalari ishlatilgan. Koʻpincha kenninglar koʻp bosqichli boʻlgan. Masalan: "oltin archasi" — qiz, "baliqlar yoʻli" — dengiz, "nayza chinori" — jangchi, "baliqlar yoʻli ajdahosi" — drakkar. Hurmatli bilimdonlar! Ayting-chi, "yoʻldosh shamol bayrogʻi qobonining qayragʻochi" degan koʻp bosqichli kenning nimani anglatishi mumkin edi?