Keyingi savolning javobi tom maʼnoda yuzada yotibdi. Soʻnggi paytlarda yirik shaharlarda eski avtomobil shinalarini utilizatsiya qilish muammosini hal qilishga bir yangilik yordam bermoqda, uning asosiy afzalliklari chidamlilik va ekologik tozalik hisoblanadi. Boz ustiga, iqtisodiy foyda ham yaqqol koʻrinib turibdi: eski pokrishkalar olmos emasku, arzon turadi! Tegishli qurilmani, masalan, Omsk olimlari ishlab chiqishgan. Ayting-chi, bu qanday yangilik?