Braziliyada politsiyachilar toʻxtash qoidalarini buzuvchilarga qarshi kurashishning oʻziga xos usulini topdilar. Politsiyachilar endi oyna tozalagichlar ostida jarima kvitansiyasini qoldirish oʻrniga, old oynaga shunchaki "Bu yerda toʻxtash taqiqlangan!" shiorini yopishtirib qoʻyishmoqda. Bu usulning mohiyati nimada?
Shiorning yopishqoq plyonkasi oynaga mahkam yopishib qoladi va uni koʻchirib olish uchun juda katta kuch talab etiladi (belgilanmagan joyda toʻxtashdan oldin uch marta oʻylab koʻrasiz).