Genri Ford ushbu elementsiz uning avtomobili boʻlmasligini aytgan edi. Bu element toq sondir. Avtomobil konstruksiyalarida u boshqa bir juft sonli element bilan uzviy bogʻliq. Agar birinchisini koʻpchiligingiz juda kam uchratgan boʻlsangiz, ikkinchisini barchangiz juda yaxshi bilasiz. Uni ayting.
Temir — Mendeleyev jadvalidagi juft, 26-element (toq, 23-element — vanadiy boʻlib, uning poʻlat tarkibidagi ishtiroki unga zarur mustahkamlik va yengillik beradi).