AQSHlik advokat Margaret Kent "Raqibani qanday yengish kerak" nomli kitob yozgan. Bu kitobda eri oʻynash orttirgan xotinlar uchun maslahatlar berilgan. Xususan, raqibani chalgʻitishga harakat qilish kerak, masalan, eriga u yoʻqligida qandaydir ayol qoʻngʻiroq qilganini va goʻshakni qoʻyib qoʻyganini aytish lozim. Muallifning fikrini davom ettiring va keyin nima sodir boʻlishini bashorat qiling.
Er u ayol bilan uchrashganda bu haqda soʻraydi, ayol esa erkakning yana bir oʻynashi bor deb oʻylab, surishtirishni boshlaydi...