Sovet filmlaridan birida nemislar sovet razvedkachisini qoʻlga olib, uni notoʻgʻri maʼlumot (dezinformatsiya) bilan radiogramma yuborishga majbur qilishadi. Radiogramma matni ularning oʻzlari tomonidan tuzilgan va razvedkachi uni aynan uzatgan boʻlsa-da, nemislar radiogrammaga dezinformatsiya haqida ogohlantirish kiritilganiga amin edilar. Yakunda shunday boʻlib chiqadi ham — nemislarni oʻzlarining odatiy punktualligi (aniqligi) pand beradi. Agar siz lotin tilini bilsangiz, sovet tomonining kelishuviga koʻra, ushbu xabarda dezinformatsiya haqidagi shartli signal nima boʻlib xizmat qilganini osonlikcha aytib berasiz?