Faina Ranevskaya, Salvador Dali va Hans Kristian Andersen kabi turli insonlar bu bilan shugʻullanishgan. Mashhur shaxslarning butun bir biografiyalar seriyasi "Agar Falonchi buni qilganida" deb nomlanadi. Bir marshal maʼlum bir davrda buni qilmaganini ochiqchasiga taʼkidlagan. Baʼzi qizlar esa — taxminan oʻsha vaqtda — buni qilishgan. Shu qizlardan birortasining ismi va familiyasini ayting.