Oʻtgan yozda, iyunda, dunyoda BU narsaga qarshi jamoaviy kurash kuni nishonlandi. Ammo afofizmlar ensiklopediyasini deyarli qoq oʻrtasidan ochish kifoya qiladiki, BU narsa baʼzilar uchun neʼmat ekanligiga ishonch hosil qilasiz. Chexov BUNDAN qoʻrqadiganlarga kutilmaganda uylanmaslikni maslahat bergan. "Alfavit" gazetasi BUNDAN qutulishning eng yaxshi chorasi yoshlikda koʻp yillar davomida aql uchun ozuqa va qalb uchun quvonch boʻladigan haqiqiy sevimli ishni toʻgʻri tanlash deb hisoblaydi. Gap nima haqida bormoqda?