Hurmatli bilimdonlar, tasavvur qiling, siz Xitoyga bordingiz va xitoylik qizni sevib qoldingiz. Unga uylanish uchun Xitoy qonunlariga koʻra, kelinning yashash joyidagi FHDYO (ZAGS) boʻlimiga ariza topshirishingiz kerak. Kelin bunda uy daftari va (tuman darajasidan past boʻlmagan ijroiya qoʻmitasidan) familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, millati, oilaviy ahvoli va kasbi koʻrsatilgan maʼlumotnomani taqdim etadi. Yana nima?