UNDAN xalos boʻlish uchun yaponlar maxsus ishlov berilgan doka bogʻlamidan foydalanadilar, meksikaliklar quyuq achchiq shoʻrva tayyorlaydilar, inglizlar suli boʻtqasini afzal koʻradilar, moʻgʻullar — maydalangan quritilgan qoʻy koʻzlarini, Gaitida esa sehr-joduga ishonadilar. Mashhur rus yozuvchisining qahramoni bunday hollarda gomeopatiya tamoyillaridan birini qoʻllashni maslahat bergan. Yuqoridagi usullar bilan nimadan xalos boʻlish tavsiya etiladi?