Turli xalqlar ularni turlicha atashadi. Tojik tilida ularning nomi "qizil soqolli bobo", ukrain va chex tillarida — "quyoshcha", ingliz tilida — "ledi-qoʻngʻiz" kabi yangraydi. Avstriya, Germaniya, Shveysariya, Ispaniya, Panama, Peru va Venesuelada ularning nomi Bibi Maryam bilan, Argentinada esa Avliyo Antoniy bilan bogʻlanadi. Biz ularni nima deb ataymiz?