Filologlarning fikricha, ushbu termin futbolga xokkeydan kirib kelgan. Bir safar Torontoda doʻkon egalaridan biri oʻziga reklama qilish maqsadida, "Toronto Meypl Livz" jamoasining bir oʻyinda maʼlum miqdordagi shaybalarni kiritgan oʻyinchisiga oʻz doʻkonida sotiladigan buyumlardan birini sovgʻa qilishga vaʼda bergan. Doʻkon egasining taqdiri haqida hech narsa maʼlum emas, ammo bu termin futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Ushbu doʻkon nima sotgan?