Igor Guberman qamoqda oʻtirganida, u va uning lagerdoshlari bir marta statistik savolni aniqlashga kirishishadi. Kameraga statistika qayerdan kelib qolgani nomaʼlum, ammo ular SSSRda har bir millatning umumiy soniga nisbatan foiz hisobida aniqlanayotgan masala boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich yahudiylarda ekanligini hisoblab chiqishadi. Bunga bir jinoyatchi norozi boʻlib shunday deydi: "Qara-ya, qanday zararli millat! Oʻzlari hamma joyga suqilib kirishadi va oʻzlarinikini ham sudrab kirishadi!". Ular qaysi masalani aniqlashayotgan edi?
SSSRda Stalin davrida qaysi millat vakillari eng koʻp lagerlarga qamalganligi haqidagi masala.