Boshlovchi jamoalarni ixtiyoriy ravishda ikki qismga ajratadi. Jamoalarning bir qismi bir savolni, qolgan qismi esa boshqasini oʻynaydi. Jamoalar savollarni tarqatma material koʻrinishida oladilar. (Agar siz monomaydonda oʻynayotgan boʻlsangiz, bir kishi chetga chiqib bir savolni oʻynasin, jamoaning asosiy qismi esa boshqasini. Bu holda jadvalga asosiy jamoaning natijasi kiritiladi. Agar onlayn oʻynayotgan boʻlsangiz, alohida oʻynovchi jamoaviy suhbatdan chiqib tursin.)