Nevrolog Oliver Saks oʻz kitoblaridan birining boshida asab tolalarining plastikligi, yaʼni u yoki bu aʼzoning shikastlanishini qoplash (kompensatsiya qilish) xususiyati haqida fikr yuritadi. Shuningdek, u yaqinda yelkasini jarohatlagani va endi kundan-kunga buni QILISHNI yaxshiroq uddalayotganini taʼkidlaydi. Uchta soʻz bilan javob bering: aynan nima qilishni?