Yaqinda do‘konlarda taomlarga o‘zgacha maza beruvchi yangi ziravor paydo bo‘ldi. Bu ziravor "Suyuq IKS" deb ataladi. Agregat holatiga kelsak, IKSni suyuq deb hisoblash qiyin. Agar mutaxassisga murojaat qilinsa, aslida IKS dispers sistema ekanligi ma’lum bo‘ladi. Bir manbaga ko‘ra, IKSning bir turi shirin ta’mga ega. Shunday qilib, biz "IKS" so‘zi bilan nimani almashtirdik?