Xalqaro vaziyat haqidagi intervyularidan birida Yegor Gaydar taʼkidlashicha, sotsialistik qarashlar bir mashhur siyosatchida hech qachon ustun boʻlmagan, ular birinchi navbatda uning asosiy maqsadi yoʻlidagi vosita boʻlgan. U bu maqsadning kelib chiqishini shunday tushuntirgan: "Uni tasavvur qiling: bu — har doim hukmronlik qilgan kastiliya aristokratiyasi... Dadasi — boy pomeshchik... AQSH qoʻllab-quvvatlagan barcha bu mashmashalardan keyin... u oʻzining nazarida sobiq serjant, firibgar boʻlgan bu kimsaning qanday boshqarayotganini koʻradi..." (iqtibos tugadi). Natijada ushbu iqtidorli yosh advokat hokimiyatni qonun bilan emas, kuch bilan egalladi. Uning ismi va familiyasini ayting.