Moskva ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ayollar uchun zirhli nimcha (bronejilet) ishlab chiqishga harakat qilishdi, u erkaklarnikidan nafaqat vazni, balki shakli bilan ham farq qilishi kerak edi. Avvaliga hamma narsa yaxshi ketayotgan edi. Biroq, jangovar sharoitga yaqin sinovlardan so‘ng, ayol militsionerlar uchun bunday zirhli nimcha yasash mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi, chunki u o‘z shakli tufayli hamkasblari uchun xavfli edi. Xavf nimada?
Gap shundaki, erkaklar zirhli nimchasining tekis yuzasiga urilgan o‘qlar pachoqlanadi. Po‘lat büst (ko‘krak shakli)dan esa ular rikoshet beradi (uchib ketadi)