Texas universiteti psixologlari respondentlarga javobi aniqdek tuyulgan bir xil savolni berishdi. Biroq javoblar oʻzining rang-barangligi bilan hayratda qoldirdi. Koʻpchilik "bu shunchaki ermak edi" deb javob berdi. Respondentlarning bir qismi bundan shunchaki oʻzlarini yaxshi his qilishganini, baʼzilari esa oʻzlarini Xudoga yaqinroq his qilishni xohlashganini aytishdi. Koʻpchilik buni xizmatda yuqorilash uchun qilgan. "Sovuq tunda isinish uchun", "ortiqcha kaloriyalarni yoqish uchun" degan javoblar ham topildi. Psixologlar qanday savol berishgan edi?