Bizga maʼlumki, bu erkak yozda soqolini qirib tashlash odatiga ega. Kotibi, maʼlum bir doktor O'Bodining taʼkidlashicha, qahramonimiz topografik idiotizmdan azob chekishiga qaramay, oʻzi mehribon va xushmuomala inson, faqat toʻlin oy kechalari mustasno — u odatiga koʻra ikkinchi qavat derazasining karnizidan tushib, kechgacha sayr qilib yurgan juftliklarni qidirishga otlanadi. Qahramonimizning oʻzi tan olishicha, u qorongʻi xonaga kirishdan juda qoʻrqadi, chunki chiroq tugmasiga choʻzilgan qoʻli kimningdir yungli va tirnoqli panjasiga tegib ketishi mumkin. Gap aynan kim haqida ketyapti?