Texasning innovatsion firmalaridan birining ixtirosi — hali ochilmagan (proyavka qilinmagan) fotoplyonkadan tasvirni o'qish apparatidir. Firmaning balandparvoz, ammo o'zini oqlagan nomi uchta so'zdan iborat bo'lib, birinchisi — "amaliy", qolgan ikki so'zni esa mantiq va tasavvuringizni ishga solib bir daqiqadan so'ng yozasiz.