"Andromeda tumanligi" romanida maktabni bitirgach, har bir kishi qandaydir topshiriqlarni bajarishi kerak boʻlgan jamiyat tasvirlanadi. Masalan: Kon-i-Gut gʻorining pastki qatlamini tozalash, Trinidad yaqinidagi ulkan sakkizoyoqlarni yoʻq qilish, Argentinadagi non daraxtlari bogʻini tiklash. Bu topshiriqlarning maxsus nomi bor edi. Ularning nomida qaysi atoqli ot ishtirok etgan?