Soʻnggi yillarda mashhur tarixiy shaxslar haykallari bilan bir qatorda mutlaqo jiddiy boʻlmagan haykallar ham paydo boʻla boshladi. Ehtimol, Rabinovichning umumiy obraziga qoʻyilgan haykal Odessada, mashhur Chijik-Pijik haykali esa Peterburgda Fontankada oʻrnatilganini bilarsiz. Yaqinda Tomskda ham Oleg Kislitskiy qalamiga mansub qiziqarli haykal ochildi. Bronza haykalning koʻrgazma joyi balkon hisoblanadi. Har xil talqinlarga yoʻl qoʻymaslik uchun haykaltarosh bronzaga bagʻishlov — joʻnalish kelishigidagi bir soʻzni oʻyib yozgan. Aynan oʻsha soʻzni aytishingiz kerak.