gotquestions.online

E'tiboringizga Yuliy Burkin va Sergey Lukyanenkoning "Rus oroli" qissasidan parcha havola etamiz: "...Ivan ehtiyotkorlik bilan keyingi zindon eshigini ochdi. U yerda salla o'ragan, keng shim va oq ko'ylak kiygan sharqona qiyofadagi yigit yurardi. Vaqti-vaqti bilan yigit sakrab, kaftlari bilan shiftni itarardi. — Sen kimsan? — hayron bo'ldi Ivan. Lekin shu lahzada shiftdan bir plita tushib ketdi va notanish kishining sallasiga tegib jaranglab sindi, u esa savolni eshitmadi. Sakradi-yu, shiftdagi teshikka g'oyib bo'ldi. — Amerika sassig'i bo'lsa kerak, — deb o'yladi Ivan va dam olish uchun o'tirdi." Biz asl matndagi ikki so'zni "Amerika sassig'i" so'zlari bilan almashtirdik. Tasavvuringizni ishga soling va Ivan yigitda kimni taniganini ayting.

Manba