Birinchisi huquqshunosning oʻgʻli edi. U qonunlar toʻplamini tuzishni oʻzining asosiy yutuqlaridan biri deb hisoblagan. Bizga esa bu inson koʻproq sarkarda sifatida tanish. Oʻzini Uchinchisi deb atagan ikkinchisi, birinchisining jiyani boʻlgan va har tomonlama amakisidan oʻzib ketishga harakat qilgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Ularni ismi, familiyasi, erishgan oliy lavozimi, uni egallash usuli va hatto yoʻqotishlari birlashtiradi. Ikkalasi ham bir davlat hududida vafot etgan – bu davlat Birinchisining dushmani va Ikkinchisining ittifoqchisi edi. Ushbu davlatni ayting.