Mashhur veb-dizayner Artemiy Lebedev saytlardan birida muntazam ravishda oʻz hamkasblari — dizaynerlarni "savalaydi". Istisnosiz hamma oʻz nasibasini oladi. Turli siyosiy birlashmalar ham bu qismatdan qochib qutula olmaydi. Iltimos, "Rossiya molodaya" yoshlar siyosiy tashkilotining stilizatsiya qilingan "R" va "M" harflari koʻrinishidagi emblemasiga qarang: Lebedevning taʼkidlashicha, agar ushbu tashkilot saylovlarda magʻlub boʻlsa, ushbu emblemani biroz oʻzgartirib, poyabzal tozalash agregatlari ishlab chiqaradigan kooperativ ishlatishi mumkin. Agar tashkilotning asl logotipini boshqacha oʻzgartirib, unga atigi bitta chiziq qoʻshilsa, Lebedevning fikricha, u roʻzgʻorda juda kerakli mahsulot ishlab chiqaradigan kombinatga mos keladi. Ushbu mahsulotni ayting.