Koʻp mamlakatlarda ushbu "muqaddas qush" haqida afsona bor. Iso Masih xochga mixlanganda va u Parvardigorga nido qilganda, toʻsatdan bir qush paydo boʻlib, xochga qoʻnadi va Isoning kaftlaridan mixlarni sugʻurib olishga harakat qiladi. Ammo uning urinishlari besamar ketadi — u faqat tumshugʻini qiyshaytirib oladi. Bu qushning nomi (rus tilida) uning qiyshaygan tumshugʻi oʻxshab qolgan buyum nomidan atigi bir harf bilan farq qiladi. Ushbu qushni ayting.