Bir kishi kinoga detektiv filmga kechikib kelgani haqida hikoya ma’lum. Namoyish boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib kelgach, u biletchi ayoldan uni joyigacha kuzatib qo‘yishni so‘raydi. Biletchi uni kuzatib qo‘yadi va choychaqa so‘ragandek ishora qiladi, ammo xasis mijoz rad etadi (yoki tushunmaganga oladi). Va darhol bundan afsuslanadi, chunki ayol undan dahshatli qasos oladi. Qanday qilib?