Adabiyotshunoslik terminlari lugʻatiga koʻra, BU — "progressiv ijtimoiy harakatga oʻzining ijobiy dasturini, konstruktiv yechimini qarshi qoʻya olmaydigan va shuning uchun oʻz gʻoyaviy raqiblarini jamoatchilik fikrida obroʻsizlantirish maqsadida ularga qarshi bila turib yolgʻon hujumlar uyushtiradigan reaksiya qurolidir". Shuni qoʻshimcha qilamizki, BUNING nomi Rimdagi kun tartibidagi mavzularda hajviy sheʼrlar osib qoʻyiladigan haykal nomidan kelib chiqqan. Xoʻsh, BU nima?