Diqqat, savolda almashtirish bor. Bu savolda gap ikki mashhur aka-uka oʻylab topgan narsa haqida ham, qandaydir sayramaydigan qushlar juda ajoyib kuylagan narsa haqida ham emas, balki Abramovich haqida boradi. Abramovich dunyoning aksariyat yirik shaharlarida mavjud va deyarli hamma joyda Google orqali muammosiz topiladi. Ammo bir Yevropa poytaxtida bunday qidiruv natijalarining katta qismi butunlay boshqa Abramovichga bagʻishlangan boʻladi. "Abramovich" soʻzi bilan qaysi familiya almashtirilganini toping va ushbu poytaxtni ayting.