"Sahro oq quyoshi" filmida Said rolini oʻynash uchun Spartak Mishulin sochini taqir qilib oldirishiga toʻgʻri kelgan. Shaharda yurish uchun esa unga parik yasab berishgan. Aktyor unga shunchalik oʻrganib qolganki, uni kepka kabi qabul qila boshlagan. Kunlarning birida avtobusda ancha vaqtdan beri koʻrishmagan tanishini uchratib qolib, salomlashish vaqtida shunday ish qilganki, bir kampirning zoʻrgʻa joni omon qolgan. Xoʻsh, u nima qilgan edi?
Parigini yechib, salom belgisi sifatida u bilan silkitgan.