Bir kuni Aleksandr Ivanovich Kuprinning kadet korpusidagi eski doʻstidan posilka keladi. Posilkada kichkina tosh va xat bor edi: "Doʻstim! Bu oʻsha toshki, shifokorlar uni mening jigarimdan olib tashlashdi". Xatni oʻqib boʻlgach, Kuprin pochta binosidan chiqadi, yoʻldan ogʻir toshni koʻtaradi va uni doʻstiga xat bilan birga yuboradi. Xatda nima deb yozilgan edi?
"Doʻstim! Bu oʻsha toshki, sening jigaringdan chiqqan toshni koʻrganimda mening koʻnglimdan tushdi".