Anʼanaga koʻra, nolchi savol uchun Diar Tuganbayevning gʻoyasi asos qilib olingan. Bir kuni Diar javobi Rim imperiyasidagi oliy hokimiyat prinseps va senatga tegishli boʻlgan siyosiy tartib nomi boʻladigan savol tuzmoqchi boʻldi. Biroq u kerakli soʻzni unutib qoʻyib, uni keng tarqalgan kasallik nomi bilan adashtirib yubordi. Aytgancha, bir afofizmga koʻra, bu kasallik skleroz bilan birga kelganda ikki barobar dahshatli: yugurasan-u, lekin qayerga ekanini bilmaysan. Gap qaysi kasallik haqida bormoqda?