Mashhur rus dengizchisi Aleksandr Nikolayevich Krilov quyidagi qiziqarli voqeani aytib bergan. Dengiz kadet korpusi uchun imtihon biletlari imtihondan bir kun oldin bilim yurti bosmaxonasida bir ofitser tomonidan chop etilardi, unga ikki nafar talaba yordam berishi kerak edi. Bu yordamchilarga bosmaxonaga mutlaqo ortiqcha narsa olib kirishga ruxsat berilmasdi, boz ustiga, savollar bosilgan nusxalarni yoki qoliplarni olib chiqib ketmasliklari uchun chiqishda hatto tintuv qilinardi. Biroq, shunga qaramay, Krilov qoliplardan nusxa koʻchirish yoʻlini oʻylab topdi. Krilov oʻrtogʻi ofitserni arzimas bahona bilan chalgʻitgan paytda nima qildi?
U shunchaki shimini yechib, qoliplar ustiga oʻtirdi.