Aytishlaricha, Mayakovskiy oʻlimidan biroz avval qandaydir adabiy yigʻilishda shoir Aduyevni uchratib, doʻstona tarzda: "Yomon yozmayapsiz, Aduyev! Selvinskiyga taqlid qilyapsizmi?" degan. Aduyev esa: "Nima qipti, yaxshi namunalarga taqlid qilsa boʻladi. Mana Siz ham, Vladimir Vladimirovich, besh yildan beri taqlid qilyapsiz..." deb javob bergan. Aduyevning fikricha, Mayakovskiy kimga taqlid qilgan?