gotquestions.online

Aytishlaricha, bir kuni “Telba Avliyo” nomi bilan ham tanilgan lama Drugpa Kyunleg Tibet qishlogʻidan oʻtayotganda, odamlar undan moʻjiza koʻrsatishni soʻrab yopishib olishibdi. Avliyo sigir va qoʻy olib kelishni soʻrabdi, gulxan yoqibdi va bir oʻtirishda ikkala hayvonni ham yeb bitiribdi, sigirdan faqat suyaklarni, qoʻydan esa faqat boshini qoldiribdi. Odamlar norozi boʻlishibdi — ular bunday moʻjizani nazarda tutmagan ekanlar. Shunda koʻngilchan Telba Avliyo boshqa bir moʻjiza koʻrsatibdi va natijada dunyoga “dong gem tsey”lar kelibdi. Sizlardan birortangiz “dong gem tsey”ni uchratgan boʻlishingiz dargumon, shuning uchun ular haqida soʻramaymiz. Faqat ularning eng yaqin qarindoshini ayting.

Manba