Idoralardan birining boshligʻi Aleksandr Birinchidan nima uchun podshoh amaldor Gavryushkinni mukofotlash roʻyxatidan muntazam ravishda oʻchirib tashlashini soʻradi. Bunga javoban podshoh, yozda Gavryushkin yashaydigan uy yonidan oʻtayotganda u yerdan muntazam ravishda: "Gavryushkin keldi. Aroq bering!" degan hayqiriqlarni eshitishini va mast-alastni mukofotlashni xohlamasligini aytdi. Ammo yakunda podshoh hayqiriqlardan koʻra idora boshligʻining Gavryushkinning ishonchliligi haqidagi gaplariga koʻproq ishondi. Gavryushkinni kim shunday yomonotliq qilgan edi?