Mixail Vellerning novellasida maktab oʻquvchisi "Agar hamma narsa qoʻlimdan kelganida nima qilardim" mavzusida insho yozadi. U tarix oqimini va adabiy asarlar syujetini biroz oʻzgartiradi. Xususan, inshoga koʻra, BIRINCHIning Londonga borishiga hojat qolmaydi, IKKINCHI baribir razvedka boshligʻi boʻlgan ayolni kechiradi, UCHINCHI ateizmni oʻylab topadi va madaniyat vaziri etib tayinlanadi. Biz sizdan BIRINCHI, IKKINCHI va UCHINCHIni soʻramaymiz. Barcha pullar va ordenlar berilgan TOʻRTINCHIni ayting.