Andrey Murayning yumoristik hikoyasi qahramoni, artist Kazachkin butun borligʻini teatrga bagʻishlagan edi. Umri davomida u "Gamlet" pyesasida avval Gamletni, keyin Klavdiyni, soʻngra Poloniyni va hokazolarni oʻynadi. Nihoyat, navbatdagi roldan soʻng u tanqidchidan quyidagi soʻzlarni eshitishga muyassar boʻldi: "Amaldagi va yovuzlik qiluvchi shaxslar sust va irodasiz oʻynashdi... Boshqalardan koʻra jonliroq M. Kazachkin [boʻsh joy] rolida koʻrindi. Sofitlar nurida u sahnada shunchaki porlab turardi". Boʻsh joyni toʻldiring.