Bugungi oxirgi tur deyarli yakunlandi, lekin bo‘shashishga hali erta. Ishga jiddiy yondashadigan odam har doim yuz foiz kuch bilan ishlaydi. O‘n beshinchi savol. Bir safar gastrol paytida Karandash tomosha boshlanishidan oldin yordamchisini sirk kassasiga yuborib, birinchi qatordan to‘rtta chipta sotib olishni buyurgan. Mixail Rumyansevga nima yetishmayotgan edi? Bitta nemischa so‘z bilan javob bering.