Mashhur fizik Pol Dirak mashhur fizik Yudjin Vignerning singlisiga uylangan. Bir safar toʻy haqida hech narsa bilmaydigan Dirakning tanishi yangi kelin-kuyovlarning uyiga mehmonga kelibdi. Mehmon oʻzini uy bekasidek tutayotgan notanish ayolning borligidan ancha hayron boʻlibdi. Nihoyat, Dirak mehmonning xijolat boʻlayotganini sezib: "Kechirasiz, tanishtirishni butunlay unutibman: bu — ..." deb xitob qilibdi. Jumlani ikki soʻz bilan yakunlang.