Agar erkak bo'lsa — "xungan", agar ayol bo'lsa — "mambo". Oqlar ajdodlar ruhini chaqiradi, kelajakni bashorat qiladi va tushlarni ta'bir qiladi. Qoralar esa "tenton-makut" — jirkanch ishlar qiluvchi arvohni yaratishi mumkin. Ammo eng dahshatli hikoyalar qora kuchlarning aql bovar qilmaydigan mahsuli bilan bog'liq bo'lib, tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ular buning uchun dunyodagi eng zaharli moddalardan biri — tetradotoksinni ishlatadilar. Bu hikoyalar kim yoki nima haqida?