Tailand aholisida shunday afsona bor. Bir safar maymunlar podshohi urgʻochi sherga oshiq boʻlib qoladi. Vaqti kelib, undan oddiy boʻlmagan bola tugʻiladi. Unda maymunning ayyorligi va sherning shijoati mujassam edi. Agar ushbu afsonaga ishonadigan boʻlsak, bu bolaning avlodlari hozirda baʼzilarimiz bilan qoʻshni boʻlib yashashadi. Ularni ikki soʻz bilan imkon qadar aniq ayting?