Alsmer shahri (Gollandiya). Zal ichida odamlar o'tiribdi va ularning har birining oldida tugma bor. Katta siferblatda mil maksimal raqamdan minimal raqamga qarab harakatlanadi. Zal bo'ylab tovarli konveyer o'tadi. Qo'shni zalga tushgach, u qadoqlanadi va darhol muzlatkichlarda belgilangan manzilga — aeroport yoki do'konga yetkaziladi. Bu qanday tovar?